Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

International Hotel Tashkent mehmonxonasida Press-Club Elections.uz-2016 (“Saylov.uz-2016” press-klubi)ning navbatdagi sessiyasi tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputatlari Rahimjon Hakimov, Shuhrat Yoqubov hamda Sanjar Hamidullayev jurnalistlar, parlamentariylar, siyosiy partiyalar, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan saylov jarayoni bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida ma’lumot berib o‘tdi.

Uchrashuvda saylov kampaniyasi qonunchilik talablariga rioya etilgan holda o‘tayotgani, xususan, Prezidentlikka nomzodlarga o‘z saylovoldi dasturlarini keng jamoatchilikka yetkazish, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha teng sharoitlar yaratib berilgani huquqiy jihatdan tahlil etildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jurnalistlar tomonidan saylovning tashkiliy tomonlari bo‘yicha berilgan savollarga javob berar ekan, mehmonlar saylov jarayonida sog‘lom raqobat eng muhim omillardan biri ekanligi, daylov kampaniyasi davomida barcha partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarga bir xil shart-sharoit ta’minlab berilgani, bu jarayon monitoring qilib borilayotgani, bunga nafaqat milliy, balki xorijiy kuzatuvchi va ekspertlar ham jalb etilgani eng yuqori demokratik talablarga muvofiq kelishi ta’kidlandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Bundesliga. “Bavariya” safarda g‘alaba qozondi va Germaniya chempioniga aylandi, “Borussiya D” o‘z maydonida “Mayns”ni yenga olmadi 
Dunyo
Yuk mashinasidan chiqqan natsistlar bayrog‘i, Buddaning tug‘ilgan kuniga atalgan ajdaho, model bo‘lgan chixuaxua — hafta suratlari
Mahalliy
Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi YTH sodir qildi