Braziliya va Argentina terma jamoalarining yaqin o‘tmishdagi yulduz futbolchilari hisoblangan Ronaldinyo hamda Xuan Ramon Rikelme “Shapekoense” klubi safiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
“Shapekoense”ni qator rasmiy o‘yinlar kutib turibdi. Ayni vaqtda Janubiy Amerika qit’asining bir qator yetakchi klublari o‘z futbolchilarini “Shapekoense”da to‘p surish uchun jo‘natishga tayyor turibdi.
Ronaldinyo 36 yoshga qadam qo‘ygan bo‘lib, 2015-yilgi mavsum Braziliyaning “Fluminense” klubi safiga qo‘shilgan va 7 ta uchrashuvda maydonga tushgandi. 38 yoshli Rikelmening so‘nggi klubi “Arxentinos Xuniors” bo‘lgan.
Izoh (0)