Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning rafiqasi Sara Netanyaxu o‘n soatdan ortiq vaqt davomida politsiya tomonidan so‘roq qilindi. Bu haqda, Haaretz nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
So‘roq 1-dekabr kuni boshlangan edi.
Sara Netanyaxu Quddusdagi bosh vazir qarorgohi hisobidan oilaviy tadbirlar uchun oziq-ovqat buyurish va oshpazlar yollashda ayblanmoqda. Ko‘rib chiqilayotgan yana bir holatda u shu moliyaviy manba hisobidan otasi uchun qarovchi yollagan. Nihoyat, uchinchi holatda Sara Keysariyadagi oilaviy uyida elektrikdan dam olish kunlari ishlashni so‘ragan.
Bundan tashqari, politsiya Sara Netanyaxu Quddusdagi qarorgohda turgan bog‘ mebelini Keysariyadagi dala hovliga ko‘chirishda gumon qilinmoqda.
Izoh (0)