Yaponiyaning Okinava oroli Naxa shahridagi Fukuoka Oliy sudi bo‘linmasi AQShning “Futemma” harbiy bazasi samolyotlarining shovqini tufayli Ginovan shahrida istiqomat qiluvchi 2,2 ming kishiga 950 million iyena (8,3 million dollar) miqdorida tovon puli to‘lanishi yuzasidan hukm chiqardi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qarorda aytilishicha, harbiy samolyotlar shovqini kundalik hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uyquning buzilishiga, qo‘rquv va hadikning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Bundan tashqari, sud AQSh samolyotlarining “Futemma” aviabazasidan parvoz amalga oshirishini taqiqlash bo‘yicha yana bir ishni ko‘rib chiqmoqda.
Izoh (0)