Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Barselona”dan Neymarni xarid qilish ishqi bilan yashamoqda, bu haqda “Chempionat” Daily Record’ga asoslanib xabar berdi.
Neymar yaqindagina “Barselona” bilan shartnomasini 2021-yilning yoziga qadar uzaytirgani ham “Yunayted” uchun sabab bo‘la olmadi. Manbada qayd etilishicha, klub Braziliya terma jamoasi yetakchisini sotib olish uchun Pol Pogbaga sarf etganidan ko‘prog‘ini to‘lashga rozi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” o‘zining sobiq a’zosi bo‘lgan Pol Pogbani “Yuventus”dan 105 million yevro evaziga sotib olgan va bu bilan futbol tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirgandi.
Izoh (0)