Futbol bo‘yicha Janubiy Afrika chempionatida darvozabon so‘nggi soniyalarda akrobatik tarzda urgan goli evaziga jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
Mazkur holat “Baroka” va “Orlando Payrets” uchrashuvida qayd etildi. “Orlando Payrets” jamoasi 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggi soniyalarida “Baroka” burchak zarbasini ishlab oldi.
Jamoa posboni Masuluke Oskarine sheriklariga yordam berish uchun raqib jarima maydonchasiga bordi va ajoyib zarba bilan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)