AQSh Kongressi vakillik palatasi Rossiyaning maxfiy ta’sirini aniqlash bo‘yicha boshqarmalararo maxsus guruh yaratishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Associated Press ma’lum qildi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.
Ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlab 390 nafar kongressmen, unga qarshi esa 30 nafari ovoz berganligi ta’kidlanmoqda.
Hujjat matnida ta’kidlanishicha, boshqarmalararo guruh Rossiyaning xalqlar va hukumatlarga maxfiy ta’sirini ta’minlash bo‘yicha faol harakatlariga qarshi turish uchun tashkil etiladi.
AQSh Kongressi quyi palatasi qonun loyihasida, jumladan, yolg‘on axborot tarqatish, shuningdek, Rossiya maxsus xizmatlari agentlari va siyosiy elitasi tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiya, terrorchilik aktlari, inson huquqlarining buzilishi va qotilliklarga qarshi turish haqida so‘z yuritiladi.
Qonun loyihasi mualliflari mazkur boshqarmalararo guruhga Davlat departamenti, FQB, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Energetika vazirligi, shuningdek, milliy razvedka direktori boshqarmasi vakillarining kiritilishini ko‘zda tutmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)