Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 30-noyabr, chorshanba kuni AQShning yangi saylangan prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbati chog‘ida “Rossiya-Amerika hamkorligini chuqurlashtirish mumkin bo‘lgan” uchta asosiy sohalarni belgilab berdi. Bu haqda Qozog‘iston davlat rahbari matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Nazarboyev fikriga ko‘ra, bunday sohalar “terrorizmga qarshi kurash, Ukrainadagi inqirozni tartibga solish va global yadroviy xavfsizlikni mustahkamlash” bo‘lishi mumkin.
O‘z tomonidan, Tramp “Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbati yakunlarini hisobga olgan holda, u Vashington va Moskva o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga katta umid bilan qarashini ta’kidladi”.
Izoh (0)