Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30-noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi, deb yozadi “Vedomosti” Kreml matbuot xizmatiga tayanib.
“Suriya muammosi bo‘yicha, shu jumladan, Aleppodagi vaziyat bo‘yicha batafsil fikr almashish davom ettirildi”, — deyiladi xabarda.
Suhbat Turkiya tomoni tashabbusi bilan amalga oshdi.
Izoh (0)