1-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatda o‘z missiyasini yakunlayotgan Turkiya elchisi Namiq Guner Erpulni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Turkiya elchisi faoliyatining samarali bo‘lganligi qayd etildi hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va uning boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli O‘zbekiston–Turkiya munosabatlarini kengaytirishga qo‘shgan hissasi yuqori baholandi.
Ta’kidlanganidek, 17–18-noyabr kunlari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligining isbotidir.
N. Erpul, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi missiyasini bajarishiga qulay imkoniyat yaratib berilgani uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.
Izoh (0)