Garet Sautgeyt futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tasdiqlandi
Angliya futbol uyushmasi (FA) Garet Sautgeytni mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida tasdiqladi. Bu haqda, tashkilot matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Sautgeyt to‘rt yillik shartnoma imzoladi. U 2018-yilgi jahon chempionati hamda 2020-yilgi Yevropa chempionatida termaga rahbarlik qiladi.
Sautgeyt 2016-yil sentabrida, Sem Ellardays bilan shartnoma muddatidan ilgari bekor qilinganidan so‘ng bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Ellardays Telegraph nashri surishtiruvlari natijasida korrupsiyada ayblangan edi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar