AQSh prezidenti etib saylangan milliarder Donald Tramp biznesini oila a’zolari qo‘liga topshirib, mamlakatni boshqarish ishiga hamma vaqtini sarflashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Tramp dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida o‘z maqsadlarini batafsil tushuntirib berishni va’da qildi.
“15-dekabr kuni Nyu-Yorkda bolalarim bilan birga katta matbuot anjumani o‘tkazaman, unda biznesni butunlay tark etib, vaqtimni mamlakatni boshqarishga bag‘ishlashim va Amerikani yana buyuklikka olib chiqishim yuzasidan axborot muhokama qilinadi”, — deb yozdi Tramp.
I will be holding a major news conference in New York City with my children on December 15 to discuss the fact that I will be leaving my ...
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) November 30, 2016
great business in total in order to fully focus on running the country in order to MAKE AMERICA GREAT AGAIN! While I am not mandated to ....
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) November 30, 2016
Tramp bunday qarorga kelishiga sabab davlat rahbarligi uning shaxsiy manfaatlariga xizmat qilishi yuzasidan har qanday shubhalarning oldini olish ekanligini tushuntirdi.
“Qonun bo‘yicha men bunday qilishga majbur emasman, ammo prezident sifatida biznesim bilan manfaatlar ixtilofidan qochish uchun shunday qilish mutlaqo zarur deb hisoblayman”, — ta’kidladi Oq Uyning bo‘lajak xo‘jayini.
Izoh (0)