O‘zbekistonlik Aralash janglar san’ati (MMA) jangchisi Aleksandr Stolyarov “Ratiborets 5” turnirida rossiyalik Nikolay Rachekka qarshi jang olib bordi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Bellashuv 26-noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik sportchi og‘ir vazn toifasida reyting jangni o‘tkazib, 1-raundning o‘zida bo‘g‘ish usuli bilan raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.
Ma’lumot uchun, Aleksandr Stolyarov kikboksing bo‘yicha sport ustasi, K-1 va unifayt jang turlari bo‘yicha Osiyo chempioni sanaladi.
2013-yildan buyon MMA bilan shug‘ullanib kelayotgan Stolyarov shu kungacha 18 ta jang o‘tkazib, 13 tasida g‘alaba qozongan va 5 tasida mag‘lubiyatga uchragan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)