Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton foydasiga ayrim shtatlarda ovozlar qo‘shib hisoblanganini isbotlovchi hech qanday dalillar yo‘q. Bu haqda 28-noyabr, dushanba kuni Oq uy rasmiy vakili Josh Ernest ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Josh Ernest.

Josh Ernest.
Foto: AP

“Gap shundaki, Trampning bayonotini tasdiqlovchi biron-bir dalillar taqdim etilmadi”, — deya ta’kidladi Ernest.

Oldinroq AQSh saylangan prezidenti Donald Tramp bunga ishora qilib o‘tgan va Twitter’dagi sahifasida “Saylovchilar kollegiyasida aksariyat ovozlarga ega bo‘lishdan tashqari, agar millionlab noqonuniy ovozlar bo‘lmaganida, aholi orasida mashhurlik bobida ham g‘olib chiqqan bo‘lardim”, deya izoh qoldirgandi.

Shu bilan birga, kuzatuvchilar u o‘z nuqtai nazarini quvvatlash uchun dalil-isbot keltirmaganini ta’kidlamoqda.

Ma’lumot uchun, Tramp saylovchilar kollegiyasining 306 ovozini (270 ovoz talab etiladi) qo‘lga kiritgani tufayli AQSh prezidentligiga saylovlarda g‘olib chiqdi. Biroq, hisob-kitoblarga ko‘ra, Hillari Klinton uchun Trampga qaraganda 2 million kishi ko‘proq ovoz bergan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?