Moskvada ekstremal yigit metroning “Polejayevskaya” bekatida o‘tib ketayotgan poyezd oldida salto amalga oshirdi. Bu haqda “360” telekanali ma’lum qildi.
Yigit yuzini ro‘mol bilan to‘sib olgan.
Video bundan bir oy avval olingandi, biroq OAV qo‘liga endi tushdi.
Poyezd mashinisti nima ro‘y berganini tushunmagan ko‘rinadi. Buni uning kameraga tushgan qiyofasidan ham payqash mumkin.
Izoh (0)