“Barselona” va “Real” klublarining portugaliyalik sobiq futbolchisi Luish Figuning Madrid shahridagi uyiga o‘g‘rilar tushib, qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irladi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, Figuning uyidan qiymati 500 ming yevroga teng qimmatbaho buyumlar o‘g‘irlandi. Tunab ketilgan narsalar orasida 15 ta soat va zargarlik buyumlari bo‘lgan.
O‘g‘rilik vaqtida Figu uyida bo‘lmagan. Sobiq futbolchining uyida o‘rnatilgan kuzatuv kameralarida kamida ikki nafar jinoyatchi bo‘lgani qayd etilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)