Portugaliyalik himoyachisi Pepe “Real” bilan 2 yillik yangi shartnoma borasida kelishib oldi. Bu haqda, Mirror nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, “Real”da qolish uchun 33 yoshli futbolchi Angliyaning “Chelsi” va “Manchester Siti” klublaridan kelib tushgan takliflarni rad etdi.
Pepe 2007-yildan buyon “Real” safida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda tajribali himoyachi “Qirollik klubi”ning 8 o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)