Koreya Respublikasi prokuraturasi Samsung kompaniyasi bosh qarorgohida va Milliy pensiya fondida tintuv o‘tkazdi, deb yozadi “TASS”. Nazorat muassasasi xabariga ko‘ra, ushbu tadbirlar mamlakat prezidenti Pak Kin Xe atrofidagi korrupsiya mojarosini tekshirishning bir qismidir.
“Mamlakat yetakchisi Milliy pensiya fondiga bosim o‘tkazib, uni o‘tgan yili Samsung C&T Corp. va Cheil Industries Inc. kompaniyalari qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilganligi haqida gumonlar bor. U ushbu kompaniyalarning tegishli ravishda 11,6 va 5 foiz aksiyalariga egalik qilgan”, — deyiladi prokuratura xabarida. Buning evaziga prezident korporatsiyadan o‘zining eng yaqin dugonasi Chxve Sun Sil uchun turli imtiyozlarni talab qilgan bo‘lishi mumkin.
Tintuv chog‘ida kompyuter qattiq disklari, mobil telefonlar va bitimga aloqador hujjatlar musodara qilindi. Samsung guruhi Pak Kin Xe atrofidagi korrupsiya mojarosi bilan bog‘liq tarzda uchinchi marta tintuv qilinmoqda.
Izoh (0)