Britaniyaning The Independent nashri dunyoning eng chiroyli shaharlari reytingini tuzdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ro‘yxatdagi yetakchi shaharlar orasida Lissabon (Portugaliya), Stokgolm (Shvetsiya) va Boston (AQSh) bor.
Nashr ekspertlari ta’kidlashicha, ularning fikriga ko‘ra eng maftunkor shaharlar ham tabiiy muhiti, ham ijodkorlik ruhidagi me’morchiligi bilan ajralib turadi.
Ularning bunday o‘ziga xos jihatlari sayyohlarni nafaqat suratbopligi, balki ijodiy muhiti, xilma-xilligi, g‘ayrati bilan ham o‘ziga jalb etadi.
Bunday shaharlar sirasiga mutaxassislar, shuningdek, Panama (Panama), Santyago (Chili), Dubrovnik (Xorvatiya), Rio-de-Janeyro (Braziliya), Reykyavik (Islandiya) va Kioto (Yaponiya)ni ham kiritdi.
Izoh (0)