AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama oxirgi marta Prezident ozodlik medallarini egalariga topshirdi. Bu haqda, The New York Times nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
AQShning oliy fuqarolik mukofoti xavfsizlik, madaniyat, AQSh milliy manfaatlari himoyasi va boshqa sohalardagi yutuqlar uchun topshiriladi. Joriy yilda taniqli artistlar, sportchilar va olimlar unga sazovor bo‘ldi. Ular orasida aktyorlar Tom Xenks, Robert Redford, Robert De Niro, teleboshlovchi Ellen Dejeneres, basketbolchilar Maykl Jordan va Karim Abduljabbor, shuningdek, xayriya faoliyati bilan mashhur Bill va Melinda Geytslar bor.
“Ushbu sahnada turgan barcha menga kuchli ta’sir o‘tkazdi. Bu odamlar menga hozirgi darajaga yetishimga yordam berdi, menga prezidentligim haqida o‘ylashga yordam berdi”, — ta’kidladi Obama tabrik nutqida.
Izoh (0)