Germaniyaning Noy-Ulm shahrida tataristonlik sportchi, kikboksing bo‘yicha jahon chempioni Musa Masalayev o‘ldirib ketildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Aytilishicha, 37 yoshli sportchi 18-noyabr kechasi o‘z uyining podyezdi yaqinida otib ketilgan. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, niqobli shaxs Masalayev yoniga yugurib kelib, to‘pponchadan bir necha marta o‘q uzgan, so‘ng mashinada voqea joyini tark etgan.
2010–2013-yillarda Masalayev Tatariston prezidentining jismoniy tarbiya va sport ishlari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan edi. Unga qadar esa Masalayev Prince Team kikbosing jamoasiga rahbarlik qilgandi. 2013-yildan boshlab Masalayev doimiy ravishda Noy-Ulmda istiqomat qilardi.
Izoh (0)