Rossiyaning Yekaterinburg shahri nashrlari avtobus konduktorining 9 yoshli qizchaga munosabati haqida yozdi, deyiladi “Gazeta.ru” xabarida. Gap oylik yo‘l chiptasini uyida unutib qoldirgan 9 yashar qizchani 30 gradus sovuqda avtobusdan tushirib yuborgan konduktor haqida bormoqda.
“Qizimning aytishicha, izg‘irinda uni avtobusdan haydashgan. U esa uch bekat yo‘lni piyoda bosib o‘tishga majbur bo‘lgan. Yo‘l u qadar uzoq ko‘rinmasligi mumkin, biroq bunday qahratonda shu yo‘l ham yosh bolaga ko‘plik qiladi. U menga konduktor qanday qilib tushirib yuborgani haqida so‘zlab berdi. Mana shunday sovuq ob-havoda bolani avtobusdan haydashga uning huquqi bormi”, — deb aytib o‘tgan qizchaning onasi.Ona avtobus avtoparklarini bog‘lab turuvchi tashkilotga shikoyat bilan murojaat qildi. Ma’lum bo‘lishicha, avtobusda bo‘lgan yo‘lovchilardan biri ham aynan shu voqea yuzasidan ariza yo‘llagan. Shikoyat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)