Rossiyaning “Rostov” futbol klubi o‘z maydonida “Bavariya”ga qarshi YChL guruh bosqichi 5-tur o‘yini oldidan myunxenlik futbolchilarga issiq qalpoqlar (ushanka)larda o‘ynashni taklif qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bavariya” Twitter’dagi sahifasi orqali “Rostov”dan bo‘lajak o‘yin oldidan Rostov-Dondagi ob-havo haqida qiziqib ko‘rdi. Bunga javoban “Rostov” hazil tariqasida qalpoqlar (ushankalar)da issiqroq bo‘lishini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, “Rostov” va “Bavariya” o‘rtasidagi uchrashuv ertaga, 23-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)