Ispaniyalik mashhur tennischi Rafael Nadal soch ektirish muolajasini boshdan o‘tkazdi. Bu haqda Bild nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, 30 yoshli sportchi boshining orqa qismiga qariyb 4 500 dona soch ektirdi. 9 soat davom etgan muolaja uchun tennischi 9 ming yevro to‘ladi.
Nadal soch ektirgan birinchi sportchi emas. 2012-yilda “Manchester Yunayted”ning angliyalik hujumchisi Ueyn Runi ham soch ektirish bo‘yicha shifokorga murojaat qilgan.
Ma’lumot uchun, Rafael Nadal Pekin–2008 Olimpiya o‘yinlarining yakkalik bahslari, Rio–2016 ning juftlik bahslari chempioni sanaladi. Faoliyati davomida ispaniyalik tennischi 14 marta “Katta dubulg‘a” turkumidagi turnirlar g‘olibi bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)