BMT tomonidan Yamanda e’lon qilingan jangovar harakatlarni 48 soatlik to‘xtatish rejimining muddati yakunlandi, uning amal qilish muddati esa uzaytirilmagan. Ushbu ma’lumot 21-noyabr, dushanba kuni butunjahon tashkiloti bosh kotibi rasmiy vakili Stefan Dyujarrik tomonidan tasdiqlandi, deb yozadi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, yarashuv rejimi qoidalarning ko‘plab buzilishi haqidagi xabarlar bilan kechgan.
“Jangovar harakatlarni 48 soat davomida to‘xtatib turish rejimi yakunlandi va u uzaytirilmadi. Mojaroning har ikkala tomoni qoida buzilishlar, jumladan, aviahujum va yerdagi to‘qnashuvlar haqida ma’lum qildi. Afsuski, qurolli mojaro qayta yangilangan ko‘rinadi”, — dedi Dyujarrik.
Uning so‘zlariga qaraganda, BMT bosh kotibi maxsus vakili Ismoil uld Shayx Ahmad timsolida Yaman hukumati va isyonchilar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yish harakatlarni davom ettirmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)