Ukrainaning “Shaxtyor” klubi sardori Dario Srna oqqon kasalligi bilan kurash olib borayotgan Yuriy ismli 12 yashar bolaning orzusi ushalishiga sababchi bo‘ldi, deb yozdi “ISport” nashri.
Go‘dakligidan buyon Yuriy dahshatli kasallik — oqqon bilan kurashib keladi. Boshqa bolalar kabi u ham o‘z kumiri Krishtianu Ronaldu bilan uchrashish orzusida yashardi. Sahovatpesha insonlar tufayli Yuriyning bu orzusi amalga oshdi.
“Profutbol” ko‘rsatuvi ma’lumotiga ko‘ra, uch oy avval ukrainalik futbolchilar auksion tashkil qilib, Yuriy va uning onasini Madridga jo‘natish harakatiga tushgan. Auksionga ular o‘zlariga tegishli bo‘lgan narsalarni qo‘ydi, tushgan mablag‘ esa bolaning orzusi uchun sarf etilgan.
Bunda hal qiluvchi rolni “Shaxtyor” sardori Dario Srna o‘ynagani ma’lum bo‘ldi. Krishtianu Ronaldu bilan uchrashuv marosimi aynan uning harakatlaridan keyin amalga oshdi. Dario Xorvatiya terma jamoasidagi do‘sti Luka Modrichga qo‘ng‘iroq qilib, Krishtianu Ronaldu va Yuriyni klub bazasida ko‘rishtirishni so‘radi va bu amalga oshdi.
Ekskursiya davomida Yuriy “Visente Kalderon” stadioniga ham tashrif buyurib, “Real”ning “Atletiko”ga qarshi o‘yinini ham tomosha qildi. Madrid derbisida uning kumiri Krishtianu Ronaldu 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)