O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtati Kanpur shahrida yuz bergan temir yo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlarning nobud bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Pranab Kumar Mukerjiga maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlatimiz rahbari chuqur ta’ziya izhor etib, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jabrlanganlarga samimiy hamdardlik tuyg‘ularini yetkazib qo‘yishni so‘radi”, — deyiladi xabarda.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, fojia qurbonlari soni 142 kishiga yetdi.
Izoh (0)