Shotlandiyaning Eldersli shahrida istiqomat qiluvchi 52 yoshli chilangar Jon Doerti lotereyada 14 million funt sterling (17,3 million dollar) yutib oldi. Ammo ulkan boylik sohibiga aylangan erkak ishdan bo‘shash niyatida emas, aksincha, u malaka oshirish kurslariga yozilib, gazchi kasbini ham egallashga qaror qildi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Doertining mijozlari u lotereyada katta pul yutib olganidan ikki kun o‘tar-o‘tmas yana atrofdagi uylarga borib hojatxonalar va kirlangan quvurlarni tozalay boshlaganiga guvoh bo‘ldi. Doerti kasbini sevgani bois ishlashda davom etishini ma’lum qildi.
“Men o‘zgarganim yo‘q va ishdan bo‘shashni rejalashtirmayapman. Aytishlaricha, men umrimning oxiriga qadar issiq o‘lkalardagi plyajlarda hordiq chiqarishim mumkin, ammo bu menga to‘g‘ri kelmaydi. Men o‘z ishimni sevaman va oxirigacha unga sodiq qolaman”, — dedi erkak.
U malaka oshirish kurslariga yangi Mercedes’da qatnaydi.
Izoh (0)