Olimlar Merkuriyning shimoliy yarim kurrasida 1000 kilometrga cho‘zilgan “Buyuk tekislik”ni aniqladi. Vodiy Rembrandt havzasida joylashgan, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
NASA’ning ma’lum qilishicha, vodiy kengligi 400 kilometrga, chuqurligi esa uch kilometrga yetadi, bu esa AQShdagi mashhur Buyuk kanyondan bir necha marta kattadir.
Tadqiqotlarning fikricha, daraning hosil bo‘lishi Merkuriy yadrosining sekinlik bilan sovushi va siqilishi bilan bog‘liqdir, negaki bu jarayonlar sayyoraning yuqori qatlamlarida harakat keltirib chiqargan. Buning natijasida sayyoraning ayrim hududlari ko‘tarilgan, ayrimlari esa, aksincha, pasaygan.
Izoh (0)