Istanbul politsiyasi 18-noyabr, payshanba kuni Yildiz texnika universitetining 70 nafar xodimini islom targ‘ibotchisi Fathulloh Gulen tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilib hibsga oldi. Bu haqda NTV telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Istanbul Xavfsizlik boshqarmasining jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi 18-noyabr, juma kuni tongda universitet va oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilarining yashash joylari bo‘yicha reydlar o‘tkazdi. Hibsga olinganlar orasida professorlar, dotsentlar, ularning o‘rinbosarlari va universitet tadqiqot bo‘limlarining a’zolari bor.
Prokuratura oliy ta’lim muassasasining jami 103 nafar xodimini hibsga olish uchun suddan order olgan. Ularning mobil telefonlarida Bylock dasturining borligi ularni qo‘lga olish uchun asos bo‘ldi. Isyonchilar 15-iyul kuni to‘ntarishda o‘zaro muloqot qilish uchun ushbu dasturdan foydalangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.