Mozambikda benzin tashuvchi mashinaning portlashi oqibatida kamida 73 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha o‘n kishi turli jarohatlar oldi. Bu haqda Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, hodisa 17-noyabr kuni Malavi chegarasi yaqinida sodir bo‘ldi. Beyra portidan Mozambikka yo‘l olayotgan benzin tashuvchi mashina ag‘darilgan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari haqida ma’lumotlar keltirilmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)