Afg‘onistonning Faroh viloyatida politsiya uchastkasiga “Tolibon” harakati jangarilarining hujumi oqibatida kamida 13 nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Agentlikning ma’lum qilishicha, hodisa 17-noyabr, payshanbadan jumaga o‘tar kechasi yuz bergan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)