10-noyabr kuni Toshkent hayvonot bog‘ida Nil timsohi o‘lib qoldi. Bu haqda, bog‘ ma’muriyati xabariga asoslanib, “Gazeta.uz” ma’lum qildi.
Boy laqabli timsoh Isroildan uch yil muqaddam olib kelingan edi. Shu vaqt ichida jonivor mahalliy sharoitlarga moslashdi, uning bo‘yi esa 120 santimetrdan 2 metrga yetdi.
Timsohning o‘limiga oshqozonning pillorik qismi begona ashyo tufayli yopilib qolgani sabab bo‘ldi. Uning ichida bolalar o‘yinchog‘i topildi.
Ilgari hayvonot bog‘i ma’muriyati bir necha marta volyerlar ichida begona buyumlar topilayotganidan ogohlantirgan edi.
Izoh (0)