O‘zbekiston Repsublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Moldova Respublikasining yangi saylangan prezidenti Igor Dodonni tabrikladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maktubda davlat rahbari O‘zbekiston va Moldova o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlari va o‘zaro manfaatli hamkorlik davlatlar va xalqalar manfaatlari yo‘lida bundan buyon ham rivojlanishi va mustahkamlanishiga ishonch bildirildi.
Shavkat Mirziyoyev Igor Dodonga mustahkam sog‘lik, birdamlik, mas’uliyatli davlat mansabida ulkan muvaffaqiyatlar, Moldova xalqiga esa tinchlik va taraqqiyot tiladi.
Izoh (0)