Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 16–17-noyabr kunlari Pokistonga, 17–18-noyabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy safar bilan tashrif buyuradi. Bu haqda Turkiya prezidentining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Pokistonga safar doirasida Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat prezidenti Mamnun Husayn va bosh vaziri Navoz Sharif bilan uchrashadi. Shuningdek, Turkiya rahbari mamlakat parlamentida nutq so‘zlaydi, Turkiya va Pokistonning yirik korxonalari rahbarlari uchrashuvida Navoz Sharif bilan birga qatnashadi hamda Islomobod va Lahor shaharlarini ziyorat qiladi.
O‘zbekistonga tashrifi doirasida Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Samarqand shahrini ziyorat qiladi. Uning O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvida ikki tomonlama aloqalar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinadi.
Izoh (0)