AQSh prezidentligiga saylangan prezidenti Donald Trampning Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilishini NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg “mutlaqo tabiiy hol” deb baholadi. Bu haqda u Yevroittifoq mudofaa vazirlari uchrashuvi arafasida jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“O‘ylashimcha, AQShning saylangan prezidenti jahon yetakchilari, shu jumladan, Rossiya rahbari bilan telefon orqali suhbatlashishi — mutlaqo normal va tabiiy hol”, — ta’kidladi u.
Shuningdek, u yaqinda Rossiya–NATO kengashi o‘tkazilishini aytdi, ammo sanani aniqlashtirmadi.
Izoh (0)