Rossiyaning Suriyadagi harbiy guruhi yettita S-300 zenit-raketa tizimlari bilan kuchaytirildi. Bu haqda, RF mudofaa vaziri Sergey Shoyguning bayonotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Bilasizki, bizda ko‘pdan buyon S-400 tizimi ishlaydi. Bundan tashqari, dengiz qismini Kiprgacha yopish uchun yettita S-300 qo‘shdik”, — ma’lum qildi u Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qurolli kuchlar rahbariyati bilan kengashida.
Oktabr oyida Rossiya mudofaa vazirligi Suriyaga S-300 batareyasini yo‘llagan edi. Bundan maqsad sifatida Tartusdagi harbiy-dengiz bazasining hamda sohilbo‘yi zonasidagi kemalarning xavfsizligini ta’minlash ko‘rsatilgan edi.
Izoh (0)