Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 13-noyabr kuni nohalol yo‘llar bilan topilgan pullarga qarshi kurashni yakunlash uchun millatdan 50 kun muxlat so‘radi va hindistonliklardan korrupsiyaga qarshi kurash doirasida e’lon qilingan pul islohotidagi qiyinchiliklarni to‘g‘ri tushunishni iltimos qildi. Uning chiqishi Hindistonning qator kanallarida namoyish etildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Qanday kuchlarga daxl qilganimni bilaman, bu odamlar menga qarshi chiqayotganini bilaman, ular 70 yil to‘plagan pullarni tortib olmoqdaman... Ular mening tinch yashashimga qo‘ymaydi, ular meni yo‘q qiladi. Xohlaganlarini qilishsin. Menga 50 kun yordam beradi, mamlakat shunchaki menga 50 kun yordam berishi lozim”, — dedi u Panaji shahri yaqinida o‘z tarafdorlari qarshisida so‘zlagan nutqida.