Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Arsenal” va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mesut O‘zilga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda, The Guardian nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo ilgari O‘zil bilan Ispaniyaning “Real” jamoasida ishlagan va uning imkoniyatlaridan xabardor. Aytilishicha, armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryan yomon o‘yin ko‘rsatayotgani bois klub O‘zilni xarid qilmoqchi. Yozda “Borussiya”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tgan Mxitaryan yangi jamoasi tarkibida oltita o‘yin o‘tkazdi.
O‘zil joriy mavsumda “Arsenal” tarkibida 14 ta o‘yin o‘tkazib, yettita gol muallifiga aylandi.