Vyetnam hukumati mamlakatdagi birinchi atom elektr stansiyasi bo‘lmish “Nintxuan-1”ni qurishdan voz kechdi. Bu haqda, The Wall Street Journal nashriga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Bunday qaror Vyetnamda an’anaviy energiya tashuvchilari narxining tushishi va elektr energiyasi o‘sish templari tushishi bilan bog‘liq.
“Atom energiyasi hozir raqobatbardosh emas, shu bois bu zarurat hisoblanmaydi”, — dedi Vietnam Electricity davlat energetika kompaniyasi raisi Ziong Kuang Txan.
Hukumat ushbu loyiha realizatsiyasi uchun Rossiyaning “Rosatom” hamda Yaponiyaning Japan Atomic Power kompaniyalarini tanlagan edi.
Izoh (0)