“Barselona” bilan shartnomasi 2018-yilning yozida o‘z yakuniga yetadigan argentinalik futbolchi Lionel Messi yangi bitim imzolash arafasida turibdi. Marca nashri ma’lumotiga ko‘ra, Messi yiliga 50 million yevro maosh to‘lashlarini istaydi, deb yozdi “TASS”.
Kataloniya klubi futbolchiga rekord darajadagi maosh taklif qilishga tayyor. Qayd etish kerak, “Barselona” yaqindagina Neymar bilan shartnomani 2021-yilning yoziga qadar uzaytirgan bo‘lib, braziliyalik hujumchi uchun yiliga 25 million yevro to‘lashga rozi bo‘lgandi. Ayni vaqtda jamoa urugvaylik Luis Suaresni ham yangi shartnomaga ko‘ndirish harakatiga tushib qolgan.
Ma’lumot uchun, shu hafta “Real” Krishtianu Ronaldu bilan 2021-yil yoziga qadar shartnoma imzolab, uning maoshini yiliga 50 million yevroga ko‘tarib bergandi. “Barselona” va Messi o‘zaro kelishuvga erishsa, bu ikki futbolchining o‘z klubidan topadigan daromadi bir xil ko‘rinishga keladi.
Izoh (0)