AQShning Dushanbedagi elchixonasi Tojikiston hududida teraktlar uyushtirilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda, diplomatik missiya bayonotiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“AQShning Dushanbedagi elchiligi olgan axborotga ko‘ra, terrorchi guruhlarning nishoniga Afg‘oniston chegarasi va yirik jamoat yig‘inlari aylanishi mumkin”, — deyiladi missiyaning rasmiy saytida.
Shu munosabat bilan elchixona vakillari AQSh fuqarolariga insonlar to‘plangan joylardan chetda bo‘lish, jamoat transportidan foydalanmaslik va kechki soatlarda ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya etdi.
Izoh (0)