“Manchester Yunayted” futbol klubi hamda Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi Xitoyning “Beyjing Goan” klubidan kelib tushgan taklifni rad etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Biz haqiqatdan ham Runiga taklif bilan chiqdik, lekin u ‘MYu’da qolish istagi bor ekanini ma’lum qildi. U Angliya chempionatida sog‘lig‘i imkon bergunicha to‘p surishini aytdi”, – dedi “Beyjing Goan” klubining faxriy prezidenti Lo Nin.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari – hujumchi Igor Sergeyev hamda himoyachi Yegor Krimets ayni damda “Beyjing Goan” klubida harakat qiladi.
Izoh (0)