“Real” yetakchisi Krishtianu Ronaldu Nike kompaniyasi bilan sobiq basketbolchi — Maykl Jordan davridan buyon eng yirik shartnoma imzolaydi. Bu haqda “Korresdondent.net” xabar bermoqda.
Ayni vaqtda kelishuvning moliyaviy shartlari haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q, ammo norasmiy xabarlarga ko‘ra, Nike portugaliyalik 31 yoshli futbolchiga “Real”da olayotgani kabi yiliga 24 million yevro to‘laydi.
Shu tariqa, ushbu shartnoma 1984-yilda Maykl Jordan bilan imzolangan kelishuvdan so‘ng eng yirigi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval “Real” Ronaldu bilan kelishuvini 2021-yilgacha uzaytirgandi.
Izoh (0)