AQShning amaldagi prezidenti Barak Obamaning akasi Malik Obama mamlakat prezidenti saylovida milliarder, Respublikachilardan nomzod Donald Trampning g‘alabasini ijobiy baholadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Trampni tabriklayman!”, — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida. Ilgariroq Malik mikroblogida dastlab saylov natijalari kutish uzoq davom etganidan norozilik bildirgan, so‘ng Trampning g‘alabasi munosabati bilan quvonganini yozgan edi.
CONGRATULATIONS PRESIDENT TRUMP! GOD IS GREAT!
— Malik Obama (@ObamaMalik) November 9, 2016
“Ukamning prezidentlik mansabidagi vakolat muddati tugayotgan ekan, endi men AQSh prezidentligiga Tramp nomzodini qo‘llab-quvvatlashimni ayta olaman”, — ma’lum qildi u tvitlaridan birida.
Malik Obama muqaddam ham, o‘zini demokratlardan deb sanashiga qaramay, Trampga ovoz berishini aytib o‘tgan edi.
Izoh (0)