• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Birlashish vaqti keldi”: Donald Trampning 8-noyabrdagi saylov yakunlari bo‘yicha g‘alaba nutqi

    AQSh prezidenti saylovida respublikachi Donald Tramp g‘alaba qozondi. Saylovning dastlabki natijalari e’lon qilinganidan so‘ng, butun saylovoldi kampaniyasi davomida o‘zining mojaroli bayonotlari bilan partiya rahbariyatini g‘azablantirib kelgan nomzod mamlakatni birlashtirish haqida nutq irod qildi. “Daryo” Trampning yarashuvchanlik ruhidagi nutqi tarjimasini biroz qisqartirishlar bilan e’lon qiladi (Meduza’ga asoslanib).

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Rahmat. Har biringizga katta rahmat. Sizlarni kutishga majbur qilganim uchun uzr.

    Hozirgina davlat kotibi Klinton qo‘ng‘iroq qildi (Hillari Klinton 2009—2013-yillarda AQSh davlat kotibi lavozimida ishlagan; Amerika qadriyatlariga ko‘ra, yuqori martabali shaxslar davlat xizmatidan ketganidan keyin ham o‘sha lavozimi bo‘yicha chaqirilaveradi — “Daryo”). U bizni tabrikladi. Aynan bizni. U bizni g‘alabamiz bilan tabrikladi va men ham uni, uning oilasini juda, juda qizg‘in saylov kampaniyasi bilan tabrikladim. U munosib kurash olib borganini ta’kidlashni istardim. Hillari juda uzoq vaqt davomida va sidqidildan ishladi hamda mamlakat oldidagi xizmatlari uchun barchamiz undan qarzdormiz. Men chin ko‘ngildan shunday deb hisoblayman. Endi Amerika uchun ajralishdan qolgan yaralarni davolab, birlashish vaqti keldi. Mamlakatdagi barcha respublikachilar, demokratlar va mustaqil nomzodlarning tarafdorlariga aytyapman, yagona xalq sifatida birlashadigan vaqtimiz keldi.

    Mamlakatimizning har bir fuqarosiga va’da beramanki, men barcha amerikaliklarga prezident bo‘laman va bu men uchun juda muhim. Avval meni qo‘llab-quvvatlamaslikka qaror qilganlar, ular yetarlicha edi, — buyuk mamlakatimizni birlashtirish va birgalikda ishlash uchun maslahat va yordamingizni so‘rab sizga murojaat etaman. Boshida aytganimdek, bizda kampaniya bo‘lgani yo‘q, bizda o‘z mamlakatini sevadigan hamda o‘zi va oilasi uchun yaxshiroq, yorqinroq kelajakni xohlayotgan millionlab mehnatsevar erkaklar va ayollarni jamlagan aqlbovar qilmas va buyuk harakat paydo bo‘ldi.

    Bu harakat barcha irq, barcha dindagi, kelib chiqishi turlicha va e’tiqodi har xil bo‘lgan amerikaliklarni birlashtirdi. Hukumatimiz odamlarga xizmat qilishini kutayotgan va xohlayotganlar, u sizga xizmat qiladi. Birgalikda biz millatimizni va “Amerika orzusi”ni uyg‘otish bilan bog‘liq shoshilinch vazifani bajarishga kirishamiz.

    Men hayotimni biznes bilan shug‘ullanib, butun dunyo bo‘ylab loyihalar va odamlarning ro‘yobga chiqarilmagan salohiyatlarini o‘rganish bilan o‘tkazganman. Endi men bu ishni mamlakatimiz uchun qilmoqchiman. Mamlakatimizda aqlbovar qilmas salohiyat bor. Menda mamlakatimizni yaxshilab o‘rganish bo‘yicha imkoniyat bo‘lgan. Aqlbovar qilmas salohiyat bor. Har bir amerikalik erkak va ayol o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘ladi. Mamlakatimiz erkak va ayollarini endi sira yoddan chiqarishmaydi.

    Biz shaharlarimizni qayta tiklab, yo‘llar, ko‘priklar, tonnellar, aeroportlar, maktab va shifoxonalarni qayta quramiz. Biz infratuzilmalarimizni qayta tiklaymiz, ularning tengsiz bo‘ladi va millionlab odamlarni ish bilan ta’minlaymiz. Shuningdek, bizning ajoyib, shunday sadoqatli faxriylarimiz haqida ham qayg‘uramiz. O‘tgan 18 oy davomida ularning ko‘plari bilan tanishdim, kampaniya davomida ular bilan birga shuncha vaqtni o‘tkazish men uchun katta sharaf bo‘ldi. Bizning faxriylarimiz — aqlbovar qilmas insonlardir.

    Biz milliy o‘sish va qayta tiklanish yo‘li bo‘ylab sayohatga otlanamiz. Men odamlarimizning iste’dodlaridan foydalanaman hamda biz eng yaxshi va yorqin insonlarni o‘zining aqlbovar qilmas iqtidorini umumiy naf uchun yo‘naltirishga chaqiramiz. Shunday bo‘ladi ham. Bizda a’lo darajadagi iqtisodiy reja bor. Biz iqtisodiy o‘sishni ikki barobar oshiramiz va jahondagi eng qudratli iqtisodiyotga ega bo‘lamiz. Ayni vaqtda, biz boshqa xalqlar bilan — biz bilan hamkorlik qilishni xohlaganlar bilan aloqalar o‘rnatamiz. Bizda a’lo munosabatlar bo‘ladi. Munosabatlarimiz a’lo, juda a’lo bo‘ladi, deb kutmoqdamiz. Hech bir orzu haddan tashqari katta, hech bir chorlov haddan tashqari jiddiy deb hisoblanishi mumkin emas. Kelajagimiz uchun qilmoqchi bo‘layotgan ishlarimizning hech biri uddalab bo‘lmaydigan vazifa emas.

    Amerika endi hech qachon eng yaxshisidan boshqasiga rozi bo‘lmaydi. Biz mamlakatimizga uning asl qismatini qaytarishimiz hamda qo‘rqmasdan katta va dadil orzu qilishimiz kerak. Biz buni uddalashimiz zarur. Biz mamlakatimiz haqida, ajoyib narsalar haqida, muvaffaqiyat haqida orzu qilamiz.

    Men jahon hamjamiyatiga murojaat qilib aytmoqchimanki, biz Amerika manfaatlarini eng yuksakka qo‘yamiz, biroq har narsaga — barcha odamlar va barcha xalqlarga adolat bilan yondashamiz. Biz xusumat emas, murosa yo‘lini; nizo emas, hamkorlikni izlaymiz.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    09.11.2016, 18:09   Izoh (0)   19144
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shanxayda dunyodagi eng yirik planetariy qurilishi boshlandi

    09.11.2016, 17:20

    Xitoyda 0,5 mlrd dollar evaziga qurilgan yetti yulduzli mehmonxona ochildi

    09.11.2016, 16:23

    Donald Trampning saylovdagi g‘alabasidan so‘ng Oklendda norozilik namoyishlari boshlandi

    09.11.2016, 15:23

    Alisher Usmonov ofshorlardagi aksiyalarini Rossiyaga ko‘chirmoqda

    09.11.2016, 15:04

    Donald Tramp prezidentga aylangan saylov kuni — fotosuratlarda

    09.11.2016, 15:01

    Kolumbiya okrugi AQShning 51-shtatiga aylanadi

    09.11.2016, 14:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.