“Real” yarim himoyachisi Garet Beyl qatorasiga to‘rtinchi marta hamda so‘nggi 7 yilda oltinchi bor Uelsda yil o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
2016-yilda Beyl “Real” safida YChL g‘olibi bo‘ldi. Uels termasi bilan esa Yevro–2016 turnirining yarim finaligacha yetib bordi.
“Uelsda yil o‘yinchisi mukofotiga sazovor bo‘lish katta sharaf. Barchaga katta rahmat”, – deb yozdi Beyl Twitter’dagi sahifasiga.
Uels termasining boshqa bir a’zosi, Angliyaning “Stok Siti” klubi xavbeki Jo Allen bir yo‘la ikki – futbolchilar va muxlislar talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti loyiq deb topildi.
Izoh (0)