7-noyabr kuni Yaponiyaning Kyusyu orolidagi Fukuoka shahri markazida besh chiziqli yo‘l ostidagi yer o‘pirilishi oqibatida avtomobil yo‘lida ulkan jarlik hosil bo‘ldi. O‘pirilish ertalabki soat 5:00 da sodir bo‘lgani bois hech kim jabrlanmadi, ammo buning oqibatida avtomobillar harakati to‘xtab qoldi, shuningdek, elektr quvvati o‘chib qoldi, deb xabar beradi TJournal.
Gaz quvurlarining zararlanishi bois gaz sizishi ro‘y bergani aytilmoqda. Shahar rasmiylari yaqin atrofdagi uylardan odamlarni evakuatsiya qilmoqda.
Voqea aks etgan kuzatuv kamerasi qaydi internetda e’lon qilindi.
Izoh (0)