Turkiyaning “Fenerbaxche” jamoasi futbolchisi Robin van Persi qovog‘i yorilishi tufayli ko‘rish qobiliyatini yo‘qotmaydi. Bu haqda, The Sun nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
6-noyabr kuni “Fenerbaxche” “Oqhisor”ni 3:1 hisobida yengdi. Uchrashuvda gol muallifiga aylangan van Persi birinchi taym oxirida ko‘zidan zarba yedi. Shifoxonada gollandiyalik futbolchining qovog‘i yirtilgani ma’lum bo‘ldi. Futbolchi jarohat tufayli ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishi mumkinligi aytildi.
Ammo jamoa shifokori Burak Kunduracho‘g‘li van Persining ko‘rishi joyidaligini va xavf ortdaligini ma’lum qildi.
Izoh (0)