Iroqning Tikrit va Samarra shaharlarida ro‘y bergan ikki portlashda jami 39 kishi halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 40 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
6-noyabr, yakshanba kuni ertalab Tikritning janubiy qismida xudkush terrorchi portlovchi qurilmani harakatga keltirdi. Ko‘p o‘tmay shahardan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan Samarrada yana bir portlash sodir bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Iroq hukumat kuchlari va xalqaro koalitsiyaning Mosulni jangarilardan ozod etish bo‘yicha operatsiyasi o‘tkazilmoqda. Operatsiya 17-oktabrda boshlandi, 31-oktabrda esa Iroq qo‘shinlari shaharni ishg‘ol qilishga kirishdi.
Izoh (0)